Maktabimiz haqida
Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi 38-son ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati 1993-yil sentyabr oyida tashkil topgan.
1993-yildan 5-gimnaziya-internati, 1996-yil sentyabridan bog‘cha-gimnaziya internati, 2005-yil yanvaridan 38-ixtisoslashtirilgan maktab-internati maqomiga ega bo‘lgan. 2009-yil mart oyidan 38-son ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati maqomi berilgan.
Maktab-internat fizika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati iqtidorli bolalarga maktabgacha ta’limdan boshlab uzluksiz ta’lim va tarbiya berishga yo‘naltirilgan umumiy o‘rta ta’lim o‘quv muassasasidir.
Ixtisoslashtirilgan maktab-internatining asosiy vazifalari:
– o‘quvchi va tarbiyalanuvchilarning qaysi millatga, dinga, irqga mansubligidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim olish uchun imkoniyatlar yaratib beradi;
– ta’limning uzluksizligini, izchilligini, insonparvarligi va demokratikligini, ilmiyligi va dunyoviyligini ta’minlaydi;
– iste’dodli, qobiliyatli, bilimdon yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida maktabning maxsus jamg‘armasini tashkil etadi;
– o‘quvchilarga va tarbiyalanuvchilarga puxta bilim va ko‘nikmalar berishda yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quv jarayonni tashkil etiladi;
– o‘quvchilarda va tarbiyalanuvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida milliy g‘oya ruhida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni kamol toptiradi, uni haqiqiy inson, Vatanga sadoqatli fuqaro sifatida shakllantiradi;
– o‘quvchi va tarbiyalanuvchilarda mustaqil O’zbekiston Respublikasiga va uning Konstitusiyasiga sodiqlikni shakllantiradi, Davlat ramzlariga (bayrog‘i, madhiyasi va gerbi) hurmatni, qat’iy intizom va fan asoslarini puxta egallashga sidqidildan yondashishni tarbiyalaydi.
Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida sifatli ta’lim berish asosida quyidagi pirovard natijalarga erishiladi:
– bilimli, barkamol, madaniyatli shaxslarni shakllantirish, ularni oila, jamiyat, davlat oldidagi mas’uliyatni to‘la anglaydigan va egallagan bilimlarni hayotga tatbiq eta biladigan shaxs sifatida kamol toptirish;
– axloqan pok, jismonan baquvvat, Vatanga sadoqatli, izlanuvchan fidoyi inson, o‘zining mustaqil fikriga ega, tashabuskor sog‘lom avlodni yetkazib berish;
– o‘quvchilarning respublika va xalqaro seminarlar, koferensiyalar, festivallar va boshqa intellektual ijodiy tadbirlarda ishtirok etishi;
– iqtidor va iste’dodni aniqlsh hamda kamol toptirish bo‘yicha o‘quvchilarni fan olimpiadalari, tanlovlar va boshqa tadbirlarda qatnashishga tayyorlash;
– o‘quvchilarning ilmiy guruhlarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
– ixtisoslashtirilgan maktab-internatilarda ta’lim-tarbiya oluvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida hamda oliy o‘quv yurtlarida o‘qishlarini davom ettirishlari uchun tayyorlab borishdan iboratdir;
38-Ixtisoslashtirilgan maktab-internati Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Baliqchi qishlog‘ida, Kattabuloq ko‘chasida joylashgan.