Category: Yangiliklar

Maktabimiz talabasi respublika olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi
17.04.201823.04.2018
Post

Maktabimiz talabasi respublika olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi

14-aprel kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan innovatsion olimpiadaning respublika bosqichida 38-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi g‘olib bo‘ldi. Fizika fanidan qatnashgan 8-sinf o‘quvchisi Jahongir Bahodirov (o‘qituvchisi Nuriddin Husanov) 100 ball bilan 1-o‘rinni egalladi.    

Kitob o‘qigan «Spark» minadi
28.02.201804.03.2018
Post

Kitob o‘qigan «Spark» minadi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining mamlakat bosqichida Qo‘qon davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-kurs talabasi Sharofatxon Ismoilova birinchi o‘rinni egallab, Prezident sovg‘asi – “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi, deya xabar bermoqda uza.uz. Sharofat Ismoilova Oltiariq tumani Bo‘rbonliq qishlog‘ida tug‘ilgan. Dadasi Salimjon aka – ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, onasi...

Samarqandlik o‘quvchi “Yosh kitobxon” tanlovida g‘olib bo‘lib, Spark yutib oldi
20.02.201822.02.2018
Post

Samarqandlik o‘quvchi “Yosh kitobxon” tanlovida g‘olib bo‘lib, Spark yutib oldi

Samarqand viloyati, Narpay tumani 17-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Mohiniso Shomurodova O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan bir qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichida g‘olib bo‘lib, Spark avtomashinasini yutib oldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. — Avvallari ham bilimlar bellashuvi, ona-tili va adabiyoti fani bo‘yicha ko‘rik-tanlov, fan olimpiadalarida ishtirok etganman. Lekin bu tanlov juda...

O‘zbekistonda “aqlli qishloq”lar paydo bo‘lishi mumkin
19.02.201822.02.2018
Post

O‘zbekistonda “aqlli qishloq”lar paydo bo‘lishi mumkin

2018-yilning uchinchi choragida jahon tajribasini o‘rganish asosida O‘zbekistonda “aqlli qishloq” (Smart Village) loyihasi pilot tarzda amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Bu borada normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirilgan “Hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasida aytib o‘tilgan. Qayd etilishicha, “Aqlli qishloq” Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan...

O‘zbekistonda boshlang‘ich sinflarni 5 kunlik o‘quv haftasiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda
17.02.201822.02.2018
Post

O‘zbekistonda boshlang‘ich sinflarni 5 kunlik o‘quv haftasiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 1-martdan boshlab tizimli ravishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinflarini haftalik o‘quv davomiyligi 5 kun bo‘lgan o‘qish jarayoniga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Xabar.uz” nashri xabar bermoqda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashidagi manbaning bildirishicha, Vazirlar Mahkamasining 9-fevraldagi 11-sonli yig‘ilishi bayoni bilan shunday o‘zgarish joriy etilmoqda. Bu yil 1-martdan 1-sinf o‘quvchilari besh...

Andijonda Bobur tavalludining 535 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
14.02.201822.02.2018
Post

Andijonda Bobur tavalludining 535 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

Andijon shahrida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi. Anjumanda Bobur nomli xalqaro jamoat fondi raisi Zokirjon Mashrapov O‘zbekiston Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi, 2017-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2018-yilgi rejalar haqida...

O‘zbеk olimasi «Isaak Nyuton» mеdali bilan taqdirlandi
24.11.201725.11.2017
Post

O‘zbеk olimasi «Isaak Nyuton» mеdali bilan taqdirlandi

Yevropa ilmiy-ishlab chiqarish konsorsiumining unvonlar va taqdirlash departamenti xulosasiga binoan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dotsenti, texnika fanlari doktori Beknazarova Saida Safibullayevna “Isaak Nyuton” («Isaac Newton») medali bilan taqdirlandi. Bu haqda tuit.uz sayti xabar bermoqda. Yevropa ilmiy-ishlab chiqarish konsorsiumining (www.euscience.info) unvonlar va taqdirlash departamenti xulosasiga binoan texnika va fizika-matematika fanlari uchun “Isaak Nyuton”...

Muhammad Yusuf nomidagi maktabda she’riyat tanlovi bo‘lib o‘tdi
24.11.201725.11.2017
Post

Muhammad Yusuf nomidagi maktabda she’riyat tanlovi bo‘lib o‘tdi

Shu yil faoliyatini boshlagan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomidagi maktabda shoir she’rlarini ifodali o‘qish bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kun.uz sayti xabar bermoqda. Tanlovda Andijon viloyatning 50 dan ziyod turli ta’lim dargohlaridan kelgan iqtidorli o‘quvchilar el ardoqlagan shoir qalamiga mansub she’rlardan namunalar o‘qidilar. Sodda va ravon so‘zlar bilan bitilgan – Vatanga muhabbat, ona...

“Mard o‘g‘lon” mukofoti egalari OTMga imtihonsiz qabul qilinadi
22.11.201725.11.2017
Post

“Mard o‘g‘lon” mukofoti egalari OTMga imtihonsiz qabul qilinadi

O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-noyabrdagi qarori bilan “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti ta’sis etildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi. Xabarda aytilishicha, mukofot har yili Yoshlar kuni (30-iyun) arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga topshiriladi. Ushbu davlat mukofoti bilan taqdirlash, xuddi iqtidorli qizlar uchun mo‘ljallangan Zulfiya nomli...

Harbiy xizmatni o‘taganlar Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan o‘qishga imtihonsiz kirishi mumkin bo‘ldi
21.11.201725.11.2017
Post

Harbiy xizmatni o‘taganlar Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan o‘qishga imtihonsiz kirishi mumkin bo‘ldi

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan askarlar Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan oliy ta’lim muassasasiga imtihonsiz, grant asosida o‘qishga kirishi mumkin bo‘ldi. Bu haqda Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyevning Facebook’dagi sahifasiga asoslanib, daryo.uz ma’lum qildi. 2017-yil 17-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori imzolandi. Qarorga asosan, har bir...

  • 1
  • 2