14-aprel kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan innovatsion olimpiadaning respublika bosqichida 38-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi g‘olib bo‘ldi. Fizika fanidan qatnashgan 8-sinf o‘quvchisi Jahongir Bahodirov (o‘qituvchisi Nuriddin Husanov) 100 ball bilan 1-o‘rinni egalladi.
Category: Tadbirlar
Akademik Abdulla A’zam bilan uchrashuv
38-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi a’zosi Abdulla A’zam bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda maktab-internet o‘qituvchi va o‘quvchilari, Baliqchi tumani faollari va jamoat arboblari ishtirok etdi. Akademik Abdulla A’zam yosh avlod vakillariga ilm olishning ahamiyati, ilmiy ijodning istiqbollari haqida gapirdi. O‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Abdulla A’zam 1947-yil 21-aprelda Andijon...
Ona Vatanni himoya qilish — barchamizning burchimiz
Baliqchi tumanidagi 38-DIMIda o‘quvchi yoshlarni vatanparlik ruhida tarbiyalash maqsadida mazkur ta’lim muassasa bitiruvchisi, Samarqand oliy harbiy bilim yurti kursanti Sarvar Abdurahimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Sarvar Abdurahimov yosh avlod vakillari bilan uchrasharkan, yurtimizda harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, Vatanni qo‘riqlashdek oliy vazifaning ahamiyati haqida gapirdi va o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Mir Alisher Navoiy stendi tashkil etildi
Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi 38-DIMIda she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 577 ylligi munosabati bilan adabiy stend tashkil etildi. Unda o‘zbek xalqining buyuk farzandi, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida lavhalar, uning kitoblari o‘rin olgan. Alisher Navoiy haqida uning ustozi Jomiy shunday yozgan edi: «…turkiy tilda hech kim Navoiydek ko‘p...
O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir
38-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligining 26-yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda maktab-internet ustozlari va o‘quvchilar ishtirok etdi. 8-Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida direktoi Ravshabek Abdullayev xalqimizning eng ulug‘ bayrami bilan muborakbod etarkan, xalqimiz Mustaqillik bayramini nishonlashni 70 yillab orzu qilganini, bu yo‘lda necha-necha ulug‘ bobolarimizning qoni to‘kilib, mehnati singgani...
Maktab-internatimizda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
2016-2017 o‘quv yilining yakunida 38-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Unda Baliqchi tumanidagi pedagoglar, o‘quvchilar ishtirok etdilar. “Ochiq eshiklar kuni”da tashrig buyurganlarga 38-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati haqida ma‘lumot berildi. Ishtirokchilar ta’lim jarayonini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar.