Akademik Abdulla A’zam bilan uchrashuv

Akademik Abdulla A’zam bilan uchrashuv

38-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi a’zosi Abdulla A’zam bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda maktab-internet o‘qituvchi va o‘quvchilari, Baliqchi tumani faollari va jamoat arboblari ishtirok etdi.

Akademik Abdulla A’zam yosh avlod vakillariga ilm olishning ahamiyati, ilmiy ijodning istiqbollari haqida gapirdi. O‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Abdulla A’zam 1947-yil 21-aprelda Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan. “Matematika sayyorasi” (1993), “BEYSIK MSX” (1992), “P-strategy. An elementary introduction to the theory of differential games” (2000), “Букет от математики” (2005), “Tables of day-to-day conformity between Hijrian and Julian-Gregorian calendars” (2007) “Основание теории дискретных игр” (2011) kabi ilmiy kitob va monografiyalar muallifi.

Abdulla A’zam nafaqat fizika-matematika fanlari bilimdoni, balki kuchli adabiyotshunos hamdir. Uning “Aruz: Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur saboqlari” (2006), “Taribalar” (2007) kitoblari adabiyot muxlislari orasida ancha mashhurdir.