Samarqandlik o‘quvchi “Yosh kitobxon” tanlovida g‘olib bo‘lib, Spark yutib oldi

Samarqandlik o‘quvchi “Yosh kitobxon” tanlovida g‘olib bo‘lib, Spark yutib oldi

Samarqand viloyati, Narpay tumani 17-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Mohiniso Shomurodova O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan bir qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichida g‘olib bo‘lib, Spark avtomashinasini yutib oldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

— Avvallari ham bilimlar bellashuvi, ona-tili va adabiyoti fani bo‘yicha ko‘rik-tanlov, fan olimpiadalarida ishtirok etganman. Lekin bu tanlov juda boshqacha bo‘ldi. Ishtirokchilarning bilimi, saviyasi, darajasi yuqori ekani, ko‘p kitob o‘qishgani ko‘rinib turgandi. Ularni ko‘rgach, biroz cho‘chidim ham.

Tanlovning mamlakat bosqichida g‘olib bo‘lib, Spark avtomashinasini yutib oldim. O‘zim uchun, shaxsiy kamolotim uchun kitob o‘qiganimni inobatga olib Prezidentimiz sovg‘a berishlari kutilmagan tuhfa bo‘ldi. Axir o‘qiganim o‘zim uchun foyda-ku.

Ko‘plab kitoblar olib berib, o‘qishimga rag‘bat bergan ota-onamga ushbu mashinani sovg‘a qilaman, deydi Mohiniso.