Ona Vatanni himoya qilish — barchamizning burchimiz

Ona Vatanni himoya qilish — barchamizning burchimiz

Baliqchi tumanidagi 38-DIMIda o‘quvchi yoshlarni vatanparlik ruhida tarbiyalash maqsadida mazkur ta’lim muassasa bitiruvchisi, Samarqand oliy harbiy bilim yurti kursanti Sarvar Abdurahimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Sarvar Abdurahimov yosh avlod vakillari bilan uchrasharkan, yurtimizda harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, Vatanni qo‘riqlashdek oliy vazifaning ahamiyati haqida gapirdi va o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.