Mir Alisher Navoiy stendi tashkil etildi

Mir Alisher Navoiy stendi tashkil etildi

Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi 38-DIMIda she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 577 ylligi munosabati bilan adabiy stend tashkil etildi. Unda o‘zbek xalqining buyuk farzandi, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida lavhalar, uning kitoblari o‘rin olgan.

Alisher Navoiy haqida uning ustozi Jomiy shunday yozgan edi: «…turkiy tilda hech kim Navoiydek ko‘p va xo‘p she’r aytmagan hamda nazm gavharlarini sochmagan edi». Do‘sti Husayn Boyqaro esa «Aning nazmi vasfida til qosir va bayon ojizturur» deb ta‘kidlagan.